09:48 / 13.04.2019
3 199

"Navbahor" safarda "Nasaf"ni taslim etdi (video)

"Navbahor" safarda "Nasaf"ni taslim etdi (video)
O‘zbekiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi. Raqiblar keskin kurash olib borishmoqda va o‘zlarini ham, raqibni ham ayamayabdilar. 30-daqiqada mehmonlar hisobni ochishdi: Oston O‘runov tomonidan oshirilgan to‘pni Aleksandr Kasyan darvozaga aniq yo‘lladi.

Tanaffusga qadar ikkala jamoada ham bir qator vaziyatlar yuaga keldi, biroq ulardan samara chiqmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham hujumkor ruhda boshlandi, ayniqsa mehmonlar bo‘limning ilk daqiqalarida shiddatli hujumlar tashkil qilishdi. So‘nggi daqiqalarga qadar darvozalar oldida bir qator xavfli vaziyatlar sodir etildi. "Nasaf" futbolchilari raqib darvozasi oldida kuchli bosimarni tashkil qilishdi, biroq hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Shu tariqa, "Navbahor" ushbu mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Coca Cola Superliga, 4-tur
"Nasaf" – "Navbahor" 0:1 (0:1, 0:0)
Gol:
0:1 - 30 Kasyan.
"Nasaf": Umidjon Ergashev, Dilshod Saitov, G‘olib G‘aybullayev, Umar Eshmurodov, Xurshid Muxtorov, Akmal Mozgovoy (Azizjon G‘aniyev, 46), Sardor Abduraimov, Islom Rashidxonov, Bobur Davlatov (Sharof Muhitdinov, 75), Islom Kenjaboyev, Humoyun Murtazoyev (Oybek Bozorov, 70).
Zaxira: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Bobir Abdixoliqov, Jo‘rabek Mannonov, Alisher Yusupov, Doniyor Narzullayev.
"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Jahongir Mehmonov, Obid Jo‘raboyev, Mirzohid G‘ofurov, Azim Ahmedov (Aziz Ibragimov, 84), Abdujamol Isroilov, Oston Urunov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan.
Zaxira: Dilshod Xamroyev, Mirzohid Mamatxonov, Bahodir Nasimov, Elman Tagayev, G‘iyos Komilov, Abbosjon G‘ulomov.
Ogohlantirishlar: Kenjaboyev (83)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" safarda "Nasaf"ni taslim etdi (video)