14:40 / 13.04.2019
2 654

«Andijon» bugun «Bunyodkor» mehmoni bo‘ladi, «Dinamo» esa «So‘g‘diyona»ni qabul qiladi

«Andijon» bugun «Bunyodkor» mehmoni bo‘ladi, «Dinamo» esa «So‘g‘diyona»ni qabul qiladi
Bugun Superliganing 4-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Ushbu 4-turda Davron Fayziyev o‘zining sobiq klubi bilan to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:15 da boshlanadi. Bir necha yil davomida "So‘g‘diyona"ni boshqargan Fayziyev ayni paytda "Dinamo"da ishlamoqda. Oldingi turda Samarqand jamoasi mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. "So‘g‘diyona" esa o‘z maydonida yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

Samarqandda o‘tgan 19 ta o‘yinning 4 tasida "So‘g‘diyona" g‘alaba qozona olgan xolos. Ikkala jamoa ham bu mavsum 3 ta o‘yinda 3 tadan gol urishning uddasidan chiqdi.

Mavsumni ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshlagan "qaldirg‘ochlar" nihoyat uchinchi turga kelib ilk g‘alabasini qo‘lga kiritishdi. Superligaga qaytgan "Andijon" esa dastlabki ikki o‘yinda ikki bor durang o‘ynadi va o‘tgan turda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
"Milliy" stadion maydoni hali tayyor bo‘lmagani uchun mazkur bahs Olmaliqdagi OKMK stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinga soat 18:20 da start beriladi.

Bu jamoalar hozirga qadar O‘zbekiston chempionatida 18 ta o‘yin o‘tkazishgan. "Bunyodkor" shundan 14 tasida g‘olib bo‘lgan. To‘rt uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. "Andijon" klubi o‘z tarixida hech qachon ushbu raqibni mag‘lub eta olmagan. Faqat "qaldirg‘ochlar" maydonida o‘tgan 9 ta uchrashuvni oladigan bo‘lsa "burgutlar" bir martagina durang o‘ynashgan (8 ta mag‘lubiyat) va bir martagina gol urishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Andijon» bugun «Bunyodkor» mehmoni bo‘ladi, «Dinamo» esa «So‘g‘diyona»ni qabul qiladi