20:00 / 13.04.2019
3 246

"Dinamo" o‘zida "So‘g‘diyona" ustidan g‘alaba qozondi (video)

"Dinamo" o‘zida "So‘g‘diyona" ustidan g‘alaba qozondi (video)
O‘zbekiston chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Dinamo Samarqand" – "So‘g‘diyona" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida mezbonlar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga urinishmoqda. Ikkinchi dekadada samarqandliklar faollashishdi va raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyat yaratishdi.

31-daqiqada mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi: Toshpo‘latov darvozabonning xatosidan so‘ng to‘pni qabul qilib oldi va tovoni bilan orqamachasi zarba berdi, biroq to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Tanaffusga qadar ikki jamoada yana bir qator imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo so‘nggi zarbalarda aniq yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limni mezbonlar juda faol boshlashdi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. 51-daqiqada Mirkomil Loqayev o‘ng qanotdan to‘pni jarima maydoniga uzatib berdi, u yerda Qadamboy Nurmetov boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Goldan so‘ng o‘yin tempi biroz pasaydi, biroq taym so‘nggiga kelib maydon egalari hujumkorlikni oshirishdi. Buning ustiga 81-daqiqada Davron Umirov ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etdi va mehmonlarni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Qolgan vaqtda mezbonlar ortiqcha qiyinchiliksiz hisobni ushlab qolishdi.

Shu tariqa, "Dinamo" ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va yetakchilar qatoriga qo‘shilib oldi. "So‘g‘diyona" (3) esa 11-o‘rinda qolib ketdi.

"Dinamo Samarqand" – "So‘g‘diyona" 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 - 51 Nurmetov.
"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Lokayev, Hakimxon A’lamxonov, Abbos Shodmonov, Akmal Xolmurodov, Bobur Qosimov, Sardor Eminov (Damir Temirov, 89), Ixtiyor Toshpo‘latov, Shoxrux Abdurahmonov, Amirjon Safarov (Jasur Azimov, 46), Qadamboy Nurmetov.
Zaxira: Shoxrux Eshbo‘tayev, Avaz Agaliyev, Nizom Norov, Vohid Shodiyev, Sanjar Baratov, Dilmurod Karimov.

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Shahboz Jo‘rabekov, Kaxi Maxaradze, Siroj Meliyev, Jamshid Boltaboyev, Murod Rajabov (Nuriddin Hasanov, 55), Davron Umirov, Doston Toshmatov (Durbek Kamolov 10 (Izzat Abdullayev, 67), Shohruz Norxonov.
Zaxira: Shirinboy Abdullayev, Elyor Orifov, Sherzod Shakirov, Dian Talxatov, Daniel Nasriddinov, Nikola Milinkovich.

Ogohlantirishlar: Rajabov (20), Umirov (75), Jo‘rabekov (76), Norxonov (84)
Chetlatish: Umirov (79)

Nurmetovning 51-daqiqadagi golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Dinamo" o‘zida "So‘g‘diyona" ustidan g‘alaba qozondi (video)