Italiya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "SPAL" – "Yuventus" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda turinliklar imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida Moyze Kin mehmonlarni oldinga olib chiqdi, biroq maydon egalari ikkinchi bo‘limda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
49-daqiqada Bonifatsi muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 74-daqiqada Flokkari g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa, “Yuve” chempionlik masalasini muddatidan avval hal qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va masala keyingi turlarga qoldi.
A Seriya, 32-tur
SPAL – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 30 Kin, 1:1 – 49 Bonifatsi, 2:1 – 74 Flokkari.
SPAL – Viviano, Bonifatsi, Vikari, Chonek, Ladzari, Fares, Murdjia, Skyattarella (Valdifori, 70), Missiroli, Flokkari (Redjini, 85), Petanya (Antenuchchi, 89).
Yuventus – Perin, Bardzali (Bernardeski, 81), Gotssi, Joau Kanselu, De Shilo, Bentankur, Spinatssola, Kuadrado, Dibala, Kin (Mavididi, 69), Kastanos (Nikolussi-Kavilya, 61).
Ogohlantirishlar: Ladzari (28), Kuadrado (38), Joau Kanselu (45), Flokkari (74), Fares (83), Missiroli (87), Vikari (90). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi