09:53 / 14.04.2019
2 707

"Manchester Yunayted" Pogbaning dubli evaziga "Vest Xem"ni mag‘lub etdi (video)

"Manchester Yunayted" Pogbaning dubli evaziga "Vest Xem"ni mag‘lub etdi (video)
Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" – "Vest Xem" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Old Trafford"da bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar zafar quchishdi.

Uchrashuv kutilganidek maydon egalarining hujumlari bilan boshlandi. 19-daqiqada mankuninalar penalti ishlab olishdi, uni Pol Pogba aniq bajarib hisobni ochdi.

Taym so‘nggiga qadar ikki jamoada ham imkoniyatlar bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarmay qoldi. Ikkinchi bo‘limni londonliklar juda faol boshlashdi va bu tez orada o‘z samarasini berdi.
50-daqida David De Xea to‘pni uzatishda xatoga yo‘l qo‘ygach mehmonlar xavfli hujum tashkil qilishdi va u Felippe Andersonning goli bilan yakunlandi.

O‘yin yakunlanishi arafasida "Vest Xem" darvozasi tomon yana penalti belgilandi va Pogba bu safar ham adashmadi. "Qizil iblislar" bahs yakuniga qadar mazkur hisobni ushlab qola oldilar.
Shu tariqa, "MYu" g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ygan holda ochkolarini 64taga yetkazib oldi va beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.

APL, 34-tur
Manchester Yunayted – Vest Xem 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar:
1:0 – 19, penalti Pogba, 1:1 – 49 Felipe Anderson, 2:1 – 80, penalti Pogba.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Roxo (Pereyra, 75), Djons, Smolling, Lingard, Pogba, Fred, Mata (Reshford, 55), Marsyal, Lukaku (Grinvud, 75).
Vest Xem – Fabianski, Sabaleta (Frederiks, 76), Masuaku, Balbuena, Rays, Nobl, Felipe Anderson, Lansini (Diangana, 62), Snodgrass, Ogbonna, Ernandes (Antonio, 73).
Ogohlantirishlar: Mata (34), Frederiks (79).

Uchrashuv statistikasi bilan tanishing:

Pogbaning birinchi golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Manchester Yunayted" Pogbaning dubli evaziga "Vest Xem"ni mag‘lub etdi (video)