10:14 / 14.04.2019
2 494

"Atletiko" Madridda "Selta"ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi (video)

"Atletiko" Madridda "Selta"ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi (video)
Ispaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan "Atletiko" – "Selta" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Vanda Metropolitano"da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 42-daqiqasida Antuan Grizmann jarima zarabsini aniq ijro etib, madridliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 74-daqiqada Alvaro Morata hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa, Diyego Simeone shogirdlari ochkolarini 65taga yetkazib olishdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda borishmoqda.

Atletiko – Selta 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar:
1:0 – 42 Grizmann, 2:0 – 74 Morata.
Atletiko – Oblak, Montero, Xuanfran, Filipe Luis (Aryas, 72), Moyya, Vitolo (Morata, 62), Koke, Saul, Rodri Ernandes, Korrea, Grizmann (Molexo, 90).
Selta – Blanko, Olasa, Arauxo, Malo, Kabral, Budebuz, Yokushlu (Beltran, 84), Lobotka, Bufal (Yensen, 86), Mor (Sisto, 65), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Budebuz (37), Xuanfran (56), Grizmann (68), Olasa (87).

Antuan Grizmanning jarimadan urgan golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Atletiko" Madridda "Selta"ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi (video)