Zidan: "Muammo shundaki, Ronalduni almashtirib bo‘lmaydi"

  • 14 aprel 2019, 22:33
  • 1 031
  • Sport
  • Zidan: "Muammo shundaki, Ronalduni almashtirib bo‘lmaydi"
    "Real" bosh murabbiyi yozda "Yuventus"ga o‘tib ketgan Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
    "Muammo shundaki, Krishtianuni almashtirib bo‘lmaydi. U ketdi va biz albatta yangi futbolchilarni ham sotib olishimiz mumkin. Ammo, ishonchim komilki, yangi kelgan futbolchilar Ronaldu qilgan ishni qila olmaydilar.

    U "Real" safida katta ishlarni amalga oshirgan.
    Men bir gapni takrorlayverib charchadim: biz hech narsa yuta olmaymiz. Ammo, mavsumni "Atletiko"dan yuqorida yakunlashga harakat qilamiz. Bu maqsadimiz", - dedi Zidan.

    » » Zidan: "Muammo shundaki, Ronalduni almashtirib bo‘lmaydi"