23:57 / 14.04.2019
3 153

Mirjalol Qosimov: "Birinchi taymda tayanch yarim himoyachimiz juda yomon o‘ynadi"

Mirjalol Qosimov: "Birinchi taymda tayanch yarim himoyachimiz juda yomon o‘ynadi"
"Lokomotiv" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi.
"Amaldagi chempionga qarshi safarda o‘ynash oson emas, lekin shunga qaramay uchrashuv biz uchun yaxshi boshlangandi. Tezkor gol urdik. Bir nechta imkoniyatlar yaratdik. "Lokomotiv" bir necha yillardan buyon O‘zbekistonning eng kuchli klubi bo‘lib kelmoqda. Birinchi taym oxiri biz uchun juda yomon o‘tdi. Raqib safida standart vaziyatlardan unumli foydalana oladigan futbolchlar ko‘p ekanligini bilardik.

Oz bo‘lsa ham Olmaliqdan kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Keyingi o‘yinlardan bundan ham yaxshi o‘ynashimiz kerak.

Bugun tayanch yarim himoyachimiz Mirolyub Kostichning o‘yini umuman chiqqani yo‘q. U dastlabki 45 daqiqa ichida umuman raqib tomoniga to‘p uzatgani yo‘q. Shu bois tanaffusda almashtirdim. O‘yinga ikkinchi raqamli jamoa sifatida maydonga tushgandik. Bu uchrashuv avvalida bizga asqotdi xolos", - deydi Mirjalol Qosimov.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Birinchi taymda tayanch yarim himoyachimiz juda yomon o‘ynadi"