13:00 / 15.04.2019
2 883

Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi

Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi
Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 11 may kuni o‘tadigan boks oqshomida G‘oibnazarov amerikalik Maykl Foksga qarshi jang olib boradi. Ushbu qarama-qarshilik Arizonada o‘tishi belgilangan.

Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir bokschimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

Shohjahon Ergashev va Maykl Foks
Foto: SHOWTIME Boxing

“Biz bo‘lajak bahsga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Hali vaqt bor, umid qilamanki, navbatdagi g‘alabam bilan barcha boks muxlislarini xushnud etaman”, – dedi Fazliddin G‘oibnazarov.

Eslatib o‘tamiz, G‘oibnazarov shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov Shohjahon Ergashevga mag‘lub bo‘lgan bokschi bilan jang qiladi