08:59 / 18.04.2019
2 793

"Liverpul" safarda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi (video)

"Liverpul" safarda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi (video)
Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan "Portu" – "Liverpul" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. "Dragau" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

O‘yin mezbonlarning ustunligida boshlangan bo‘lsada birinchi bo‘lib gol urish inglizlarga nasib etdi. 26-daqiqada Sadio Mane hisobni ochdi, unga golli pasni Muhammad Saloh uzatdi.

65-daqiqada qizillar qarshi hujumni golga aylantirishdi, Trent Aleksander-Arnold bitta uzatma bilan Salohni raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, misrlik futbolchi imkoniyatni ko‘kka sovurmadi.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar hisobni qisqartirishdi, Eder Militao burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

77-daqiqada Roberto Firmino jamoasining qarshi hujumini gol bilan yakunladi. O‘yin yakunlanishi arafasida Virgil van Deyk burchakdan uzatilgan to‘pga aniq zarba berib yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, qizillar ikkinchi o‘yinda ham g‘alabani qo‘lga kiritgan holda yarim finalga yo‘l olishdi. "Liverpul" final uchun kurashda "Barselona" bilan kuch sinashadi.

Chempionlar ligasi
Chorak final, javob bahsi
Portu Portugaliya – Liverpul Angliya 1:4 (0:1, 1:3)
Gollar:
0:1 – 26 Mane, 0:2 – 65 Salax, 1:2 – 68 Eder Militao, 1:3 – 77 Firmino, 1:4 – 84 van Deyk.
Portu – Kasilyas, Pepe, Eder Militao, Telles, Felipe, Korona (Fernando, 78), Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Soares, 46), Braimi (Brunu Koshta, 81), Errera.
Liverpul – Alisson, Matip, Robertson (Xenderson, 71), Aleksander-Arnold (Gomes, 66), van Deyk, Milner, Fabino, Veynaldum, Mane, Saloh, Origi (Firmino, 46).
Ogohlantirishlar: Mane (32), Pepe (36).
Ilk o‘yin – 0:2

Salohning golini tomosha qiling:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" safarda "Portu"ni yirik hisobda taslim etdi (video)