13:13 / 18.04.2019
2 908

Bugun «Nasaf» safarda «Andijon» bilan, «Paxtakor» esa o‘z uyida «Dinamo» bilan o‘ynaydi

Bugun «Nasaf» safarda «Andijon» bilan, «Paxtakor» esa o‘z uyida «Dinamo» bilan o‘ynaydi
Bugun 18 aprel kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslariga start beriladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining «Nasaf» klubi «Andijon» maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda qarshiliklar o‘z maydonida «Navbahor»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. «Andijon» esa Toshkentning «Bunyodkor» klubiga yutqazgandi (0:1).

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Shota Arveladze boshliq «Paxtakor» o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Bellashuv soat 18:15 da start oladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi turda «sherlar» mehmonda kechgan bahsda «Surxon» bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (0:0), «Dinamo» klubi esa «So‘g‘diyona»ni yenggandi (1:0).

Kunning so‘nggi bahsida 9 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi safarda «Buxoro»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 19:15 da boshlanishi belgilangan.
Ta’kidlash joiz, 4-turda «Lokomotiv» klubi OKMKni taslim qilgandi (2:1). Buxoroliklar esa Qo‘qonda «Qo‘qon-1912» ustidan g‘alaba qozongandi (3:1).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun «Nasaf» safarda «Andijon» bilan, «Paxtakor» esa o‘z uyida «Dinamo» bilan o‘ynaydi