20:58 / 18.04.2019
3 117

Superliga. “Andijon” ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi

Superliga. “Andijon” ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Superligada 5-tur oʻyinlari boshlandi.

“Andijon” yangilangan “Sogʻlom avlod” stadionida “Nasaf”ni qabul qilib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Mezbonlarning gollariga Shahzod Ubaydullayev va Roʻzimboy Ahmedov (2ta) mualliflik qilishdi. Mehmonlar safida Humoyun Murtazoyev gol urdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Bu “Andijon”ning chempionatdagi ilk gʻalabasi boʻldi va 5 ochko bilan 9-oʻringa chiqib oldi. “Nasaf” 4 ochko bilan 12-oʻringa tushdi.

Superliga, 5-tur
18 aprel, Andijon
Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi) 3:1
Gollar: Shahzod Ubaydullayev (1), Roʻzimboy Ahmedov (40, 57 pen) - Humoyun Murtazoyev (18)
Andijon: 77. Vitaliy Mirniy, 3. Boburjon Amanov, 17. Abdulloh Olimov, 21. Ildar Mamatkazin (s), 88. Abror Xoʻsinov, 89. Boburjon Akbarov, 7. Oybek Qilichev, 8. Farxodbek Bekmurodov, 18. Dilshod Raxmatullayev, 10. Shaxzodbek Ubaydullayev, 22. Roʻzimboy Axmedov
Nasaf: 1. Umidjon Ergashev, 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 6. Azizjon Gʻaniyev, 8. Dilshod Saidov, 9. Xumoyun Murtozoyev, 14. Sharof Muxitdinov, 17. Doniyorjon Narzullayev, 18. Bobir Davlatov, 19. Sardor Abduraimov, 28. Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s)
Hakamlar: Ravshan Ermatov, Baxtiyor Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Laziz Qoʻchqarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Andijon” ilk gʻalabasini qoʻlga kiritdi