Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
19 aprel, juma kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi.
Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik bokschilar orasida Shunqor Abdurasulov (-64 kg) birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Unga iroqlik Kadim al-Ezire raqiblik qildi. Shunqor raqibini mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Abdurasulovga keyingi bosqichda pokistonlik Ma’sud raqiblik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun erkaklar o‘rtasida -69 kg vazn toifasi vakili Bobousmon Boturov ham ringga ko‘tariladi. U mo‘g‘ulistonlik bokschi Bayarku Ganbaatar bilan jang qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan taxminan soat 16:15 da start oladi
Ayollar o‘rtasida esa o‘zbekistonlik Yodgoroy Mirzayeva (-57 kg) shri-lankalik Krishmiga qarshi ringga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?