17:46 / 19.04.2019
3 031

Osiyo chempionati. Bobousmon Baturovda muddatidan avval g‘alaba!

Osiyo chempionati. Bobousmon Baturovda muddatidan avval g‘alaba!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -69 kg vazndagi vakilimiz Bobousmon Baturov o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. U mo‘g‘ulistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi ringga chiqdi.

Jang ikkinchi raunddayoq to‘xtatildi. Juda katta ustunlikka ega bo‘lgan charm qo‘lqop ustamiz texnik nokaut evaziga raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Bobousmon Baturovda muddatidan avval g‘alaba!