17:47 / 20.04.2019
2 691

Miraziz Mirzahalilov ham keyingi bosqichga yo‘l oldi

Miraziz Mirzahalilov ham keyingi bosqichga yo‘l oldi
Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytga kelib, ikkinchi kunning kechki dasturidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilyapti.

Biroz avval terma jamoamizning yana bir vakili Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) ham musobaqadagi ishtirokini boshladi. Osiyo o‘yinlarining g‘olibi hisoblanmish ushbu bokschimiz dastlabki jangni qirg‘izistonlik Almanbek Alibekovga qarshi o‘tkazdi.

Yurtdoshimizning ustunligida o‘tgan jang yakunda hakamlarning ochkosida ham o‘z ifodasini topdi va Mirzahalilov keyingi davraga yo‘l oldi. Yana birozdan so‘ng Shunqor Abdurasulov (-64 kg) hamda Isroil Madrimov (-75 kg) ham ringga chiqishadi, deya xabar bermoqda MOQ.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Miraziz Mirzahalilov ham keyingi bosqichga yo‘l oldi