20:10 / 20.04.2019
2 803

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirishdi

Bokschilarimiz Osiyo chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirishdi
Bangkokda o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunida erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan besh nafar o‘zbekistonlik sportchining barchasi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Dastlab -49 kg vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov yaponiyalik Daichi Xasebeni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi. Shundan keyin -60 kg vazn toifasida Shukurjon Rahimov KXDR vakili Chol Man Chodan ustun keldi.

Kechki dasturda esa Osiyo o‘yinlari chempioni Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) qirg‘izistonlik Almanbet Alibekovga qarshi ringga chiqdi va yaqqol ustunlik bilan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
So‘ng Shunqor Abdurasulov turnirdagi ikkinchi jangini pokistonlik Amir Masudga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alaba bilan chorak finalga yo‘l oldi.
Terma jamoaning eng nomdor vakillaridan Isroil Madrimov (-75 kg) dastlabki jangida ortiqcha qiyinchiliksiz vetnamlik Trung Vuni mag‘lub etdi.

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda esa -54 kg vaznda Tursunoy Rahimova xitoylik Kian Shiga yutqazgan bo‘lsa, -69 kg vaznda Shahnoza Yunusova tojikistonlik Nilufar Boboyorovani mag‘lubiyatga uchratdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bokschilarimiz Osiyo chempionatida g‘alabali yurishini davom ettirishdi