21:02 / 20.04.2019
3 078

Abramov: "Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti"

Abramov: "Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti"
AGMK - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Ikkita g‘alaba qozonishni istagan jamoa o‘ynadi. Menimcha muxlislarga yoqadigan o‘yin bo‘ldi.

Yomg‘ir xalal bergani yo‘q. Bu yerda maysa baland shu bois to‘p tezroq yurdi. Yomg‘irda ham o‘ynashni bilish kerak. Albatta bunday holatda boshqacharoq o‘ynaladi, bu futbolchilarga u qadar katta muammo bo‘lmadi.

O‘rtoqlik uchrashuvida ham AGMKni yutgandik? Ikki o‘yinni solishtirish to‘g‘ri emas. Tarkiblar ham o‘zgacha edi. Rasmiy o‘yin baribir boshqacha. Gol urganimizdan keyin yana shunday davom etish o‘rniga hisobni saqlab qolishga urinamiz.

Ochkolar yig‘ishda davom etayotganimiz albatta qoniqarli. O‘z maydonimizda hali umuman o‘ynamadik. Oldinda yana ikkita safar bahsi kutib turibdi.

Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti. Balki yaqin vaqt ichida bu narsa bo‘ladi va yigitlar yanada ko‘proq kuch bilan o‘ynashda davom etishadi.

Zuhurov tajribali darvozabon. Unga alohida rahmat. U o‘zining bosiqligi bilan jamoaga ishonch bag‘ishlab turdi. Keyingi o‘yinlarda ham shunday o‘ynashini tilayman", - deydi Vadim Abramov.

"Chiroyli o‘yin bo‘ldi deb o‘ylayman. Ikki jamoa ham 3 ochko uchun kurashdi. G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Keyingi o‘yinlarda AGMKga omad tilayman. Yomg‘ir yoqqani tufayli to‘p tez harakat qiladi, aksincha buning foydasi bo‘ldi deb o‘ylayman", - deydi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi Lutfulla To‘rayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov: "Futbolchilar g‘alaba qozonishmoqda, ammo hozircha maosh olish nasib etmayapti"