21:10 / 20.04.2019
2 771

Mirjalol Qosimov: "Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti"

Mirjalol Qosimov: "Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti"
AGMK - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Chiroyli, shiddatli va jangovor o‘yin bo‘lishini kutgandik. Shunday ham bo‘ldi. "Bunyodkor" jamoasini juda yaxshi bilamiz. Birinchi taymda kerakli joylarda to‘pni yo‘qotaverdik, xatolar, qolaversa yomg‘ir...Oddiy vaziyatda gol o‘tkazdik. Lutfulla To‘rayev zarba berdi, Akbar To‘rayevdan bunday xatoni kutmagandim. Futbolda har xil vaziyatlar bo‘ladi. Albatta "Bunyodkor" jamoasi ham yaxshi harakat qildi, ularni g‘alaba bilan tabriklayman.

Legionerlar nega yo‘q? Ular jamoaga qo‘shilib keta olishmayapti. Umuman qolgan futbolchilar ham bir jamoaga aylana olishmayapti. Buning ustida ishlayapmiz. Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti. Yil boshida kerakli futbolchilarni ololmadik. Dilshodni ham himoyada o‘ynatishga majbur bo‘layapman. Futbolda kimdir yutadi, kimdir yutqazadi", - deydi Mirjalol Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Jamoamizga bitta yetakchi yetishmayapti"