06:00 / 21.04.2019
2 732

Diyora Keldiyorova - Osiyo/Okeaniya chempioni

Diyora Keldiyorova - Osiyo/Okeaniya chempioni
Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida davom etayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo/Okeaniya chempionatining ayollar o‘rtasidagi -52 kg vazn toifasi bahslari yakunlandi.

Ushbu vazn toifasi finalida hamyurtimiz Diyora Keldiyorova mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasurenga qarshi tatamiga chiqib raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Xususan, hamyurtimiz ushbu bahsga qadar avstraliyalik Kimberley Chalmers, koreyalik Da Sol Park, KXDR vakilasi Sim Song Rim kabi raqiblarini ham mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.

Qayd etish lozim, Keldiyorova ushbu g‘alabasi bilan 2020 yilda o‘tadigan Tokio olimpiadasi uchun o‘z hisobiga 350 reyting ochkolarini qo‘shib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyora Keldiyorova - Osiyo/Okeaniya chempioni