16:21 / 21.04.2019
2 691

Oʻzbekistonlik ikki bokschi chorak finalga chiqdi (video)

Oʻzbekistonlik ikki bokschi chorak finalga chiqdi (video)
Bangkok shahrida boks boʻyicha Osiyo chempionati doirasidan oʻrin olgan uchinchi kun bellashuvlari davom etmoqda.

-69 kilogramm vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobo-Usmon Baturov bugun turnirdagi ikkinchi jangini oʻtkazdi. U eronlik bokschi Sajjar Kazemzadaposhtiriga qarshi ringga chiqdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Bu gʻalaba Bobo-Usmon Baturovga chorak final yoʻllanmasini taqdim qildi.

Baturov turnirdagi ishtirokini 19 aprel kuni boshlagan va dastlabki jangida moʻgʻulistonlik Bayarku Ganbaatarni nokautga uchratgandi.

Bugun kunduzgi dasturda -81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Dilshodbek Roʻzmetov ham dastlabki jangini oʻtkazdi.

U hindistonlik Brijesh Yadavga qarshi bahs olib bordi ishonchli gʻalabaga erishib chorak finalga yoʻl oldi. Roʻzmetovning yarim final yoʻlidagi raqibi qozogʻistonlik Bek Nurmaganbet boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekistonlik ikki bokschi chorak finalga chiqdi (video)