18:12 / 21.04.2019
2 563

Andrey Fyodorov: “Barchasi o‘z qo‘limizda”

Andrey Fyodorov: “Barchasi o‘z qo‘limizda”
OChLning 4-turi doirasida "Al Ittihod"ga qarshi o‘yindan oldin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Fyodorov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Chempionlar ligasida guruhimizdagi barcha jamoalarning kuchi teng. Hozirga qadar barcha jamoalarda guruhdan chiqish uchun imkoniyatlar bor. Barchasi o‘z qo‘limizda. Ertaga nafaqat chiroyli o‘yin ko‘rsatmoqchimiz, balki, bu bilan g‘alabaga erishishni istaymiz.

- "Al Ittihod"ning qaysi futbolchisini eng xavflisi deb ayta olasiz?
- Biror bir futbolchini ajratib ko‘rsatish qiyin. Ammo o‘tgan o‘yinda 8-raqamli futbolchi (Faxad al-Muvallad) maydonga tushganidan keyin raqibning o‘yini kuchaydi. Umuman olganda jamoaning o‘zi xavfli.

- Jamoada yo‘qotishlar, jarohatlar bormi?
- Barcha futbolchilar soppa-sog‘ va ertangi o‘yinga tayyor.

- "Lokomotiv" OChLdagi so‘nggi ikki o‘yinni yaxshi boshladi. Biroq yakun xunuk bo‘lmoqda. Buning sababini nima bilan izoxlaysiz?
- Futbolda g‘oliblar chiroyli o‘yin ko‘rstagani emas, kiritgan gollari orqali aniqlanadi. Saudiyadagi o‘yinda biz o‘z vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Raqiblarda esa buning aksi. Bu borada ko‘proq ishlashimiz kerak.

- Islom To‘xtaxo‘jayev "Buxoro"ga qarshi o‘yinda qatnashmaganining sababi nimada?
- U sog‘lom. Hech qanday jarohat yo‘q. Biz tarkibda rotatsiya qildik. Ertaga u maydonga tushishini bugun hal qilamiz.

Sardor Mirzayev: - Ertaga chiroyli o‘yin bo‘lishiga ishonaman. G‘alaba bizga suv va havodek zarur. Oldimizdagi uy o‘yinning ikkitasi o‘z maydonimizda bo‘ladi. Shuning uchun ham OChL guruh bosqichini yuqori notada yakunlamoqchimiz. Maqsadimiz Guruhdan chiqish. Ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Saudiya Arabistonidagi o‘yinda bo‘sh tribunalarda o‘yin bo‘ldi. Bu futbolchiga qanchalik ta’sir o‘tkazadi?
- To‘g‘risini aytsam, chempionatimiz orqali bunga o‘rganib qolganmiz. Vodiylarga borsak, ko‘plab muxlislar tushadi o‘yinga. Saudiyadagi o‘yin esa g‘alati bo‘ldi. Muxlislarsiz o‘yin tempi juda past bo‘ldi deb o‘ylayman. Baribir futbol muxlislari bilan go‘zal.

Manba: lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: “Barchasi o‘z qo‘limizda”