OChL 4-tur doirasidagi "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze va jamoa sardori Yegor Krimets qatnashishdi.
Shota Arveladze: - "Ochkolar e’tibori bilan juda qiyin va ahamiyatli o‘yin bo‘ladi. Futbol o‘ynashni xush ko‘ruvchi jamoalar ishtirokidagi qiziqarli uchrashuv bo‘lishi shubhasiz. Raqib ham, biz ham o‘yinni nazorat qilishni yoqtiramiz. O‘ylaymanki, muxlislar ertaga jozibador futbol guvohiga aylanishadi. Yo‘qotishlar yo‘q. Safdagi barcha o‘yinga shay holatda. O‘zgarishlar? Buni oldindan aytib bermoqchi emasman. Hammasini ertaga ko‘rasiz.
Guruhimizda kuchli jamoalar jamlangan. Masalan hech bir turda qaysidir jamoaning g‘alabasi men uchun syurpriz bo‘lmaydi. Hozirgi holatda guruhdagi barcha jamoalarda pley-off bosqichiga chiqish imkoniyati mavjud. Har bir o‘yin bir-biridan farq qiladi. Lekin o‘ylashimcha, bo‘lajak bahs ham Toshkentdagidek tomoshabop va qiziqarli o‘tadi. Nafaqat "Al Sadd" tarkibida, balki bizda ham o‘yin taqdirini hal etib qo‘ya oladigan futbolchilar bor. "Paxtakor" safida yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatadigan ijrochilar yetarli. Ertaga o‘yinda bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin.
Albatta, har bir o‘yindan keyin raqib haqida yanada yangi va kerakli ma’lumotlar olasiz. Toshkentdagi bahsdan keyin ham odatdagidek o‘yinni qayta ko‘rib, raqibni yanada chuqur o‘rganib chiqdim. O‘zim uchun ba’zi jihatlarni belgilab qo‘ydim. Umid qilamanki, ertaga aynan shu taraflardan foyda chiqaramiz".
Yegor Krimets: - Ertaga juda murakkab bahs bo‘ladi. Har ikkala jamoa uchun bo‘lajak o‘yin ko‘p narsani hal qilib berishi mumkin. O‘ylashimcha, jamoalar jismonan va taktik tomondan o‘yinga tayyor. Umid qilamanki, ertaga g‘alaba va omad biz tomonda bo‘ladi. Qatardan imkon qadar maksimum ochko bilan Toshkentga qaytishga intilamiz. Biz ertaga durang uchun emas, balki maksimum natija, ya’ni g‘alaba qozonish ilinjida maydonga tushamiz.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi