20:01 / 22.04.2019
2 893

"Lokomotiv" o‘z uyida "Al Ittihod" bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadi

"Lokomotiv" o‘z uyida "Al Ittihod" bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadi
"Lokomotiv" OChL 4-turida "Al Ittihod"ni qabul qildi. Uchrashuv boshidan gol urishgan intilgan "temiryo‘lchilar" oldinga tashlanishdi. Ko‘plab vaziyatlar yaratildi. Lekin birinchi bo‘lib gol urish mehmonlarga nasib etdi.

12-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘p "Loko" himoyachilaridan o‘tib, mehmonlari vakili Romarinoga keldi va oyog‘i bilan darvozani qiyinchiliksiz ishg‘ol etdi. Hujumni hamyurtlarimiz qilishdi, golni "Al Ittihod" urdi.

36-daqiqada Jamshid Iskanderov uzoq masofadagi belgilangan standart vaziyatidan to‘pni jarima maydoniga ajoyib tarzda oshirib berdi. Temurxo‘ja Abduxoliqov esa jamoadoshining uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi taym o‘rtalarida Islom To‘xtaxo‘jayev sherigi Jamshid Iskanderovning xatosini to‘g‘rilayman deb raqib futbolchisini to‘xtatdi. Bu holatda himoyachimiz so‘nggi chorani qo‘llagani va "Al Ittihod" o‘yinchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketishini inobatga olib hakam Islomni chetlatdi.

Qolgan vaqt mobaynida jamoalarga darvozani ishg‘ol qilish nasib etmadi. Natijada "Lokomotiv" o‘z uyidagi qiyin kechgan bellashuvda durangga erishdi.

"Lokomotiv" – "Al Ittihod" 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar:
0:1 - 12 Romarino, 1:1 - 36 Abduxoliqov.
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Davronbek Hoshimov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Oleg Zoteyev, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov (Igor Yelich, 78), Diyorjon Turopov, Arslanmurod Amanov (Husniddin G‘ofurov, 61), Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduxoliqov (Filip Rayevats, 85).
Zaxira: Ma’mur Ikromov, Avazbek O‘lmasaliyev, Azizbek Omonov, Aziz Xaydarov.

“Al Ittihod”: Favoz Al Qorniy, Abdulloh Al Umar, Yosin Umar Barnoviy, Metyu Yurman, Xolid Al Samiriy, Fahad Al Muvallad, Romarino, Ahmed Asiriy, Nossir Ash Shamroniy (Karlos Villanuveva, 58), Seku Sanogu, Abdulaziz Al Bishi.
Ogohlantirishlar: Al Muvallad (45+2), Jokich (55), Sanogo (83).
Chetlatish: To‘xtaxo‘jayev (75).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" o‘z uyida "Al Ittihod" bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadi