15:30 / 23.04.2019
3 127

Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov yarim finalga chiqdi (video)

Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov yarim finalga chiqdi (video)
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak finali doirasidagi janglar davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston jamoasining -91 kg vazn toifasidagi vakili Sanjar Tursunov qirg‘izistonlik Chingiz Borbashevga qarshi ringga ko‘tarilib, 3 raund davom etgan jangda g‘alaba qozondi va turnirning yarim finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekiston erkaklar jamoasidan Shukurjon Rahimov (-60 kg) turkmanistonlik raqibini yengib, yarimfinalga chiqqan, Isroil Madrimov (-75 kg) esa qozog‘istonlik bokschiga mag‘lub bo‘lgandi.

22 aprel kungi bahslarda esa o‘zbekistonlik 4 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, jamoaning yana 4 nafar vakili, jumladan Hasanboy Do‘smatov ham mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani erta yakunlagan edi.

Bugungi janglar doirasida O‘zbekistonning yana 3 nafar vakili ringga ko‘tariladi.

Kechki dastur:
-69 kg: Bobo Usmon Baturov – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
+91 kg: Bahodir Jalolov – Xaipeng Mu (Xitoy)
-64 kg: Maftuna Meliyeva – Suchada Panich (Tailand).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov yarim finalga chiqdi (video)