Bugun 9 bokschimiz Osiyo chempionatida final yoʻllanmasi uchun ringga chiqadi

  • 25 aprel 2019, 09:46
  • 456
  • Sport
  • Bugun 9 bokschimiz Osiyo chempionatida final yoʻllanmasi uchun ringga chiqadi
    Bugun, 25 aprel kuni Bangkokda boks boʻyicha Osiyo chempionatining yarim final janglari boʻlib oʻtadi. Unda 9 nafar oʻzbekistonlik bokschi final chiptasi uchun ringga koʻtariladi.

    Kunduzgi dastur, 12:00dan soʻng:
    -49 kg: Nodirjon Mirzahmedov - Mirlan Turkbai Uulu (Qirgʻiziston) (B ring)
    -56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov - Pedres Bautista (Filippin) (B ring)
    -91 kg: Sanjar Tursunov - Hussayn Iashaish (Iordaniya) (B ring)
    -69 kg: Shahnoza Yunusova - Xong Gu (Xitoy) (B ring, ayollar)

    Kechki dastur, 16:00dan soʻng:
    -60 kg: Shukurjon Rahimov - Tsendbaatar Yerdenebat (Moʻgʻuliston) (B ring)
    -69 kg: Bobousmon Baturov - Ashish (Hindiston) (A ring)
    +91 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Mulayes (Suriya) (A ring)
    -57 kg: Yodgoroy Mirzayeva - Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi) (B ring, ayollar)
    -64 kg: Maftuna Meliyeva - Kaur Baat (Hindiston) (B ring, ayollar)

    Ertaga, musobaqaning soʻnggi kuni 26 aprelda final janglari boʻlib oʻtadi.

    Фикрлар

    » » Bugun 9 bokschimiz Osiyo chempionatida final yoʻllanmasi uchun ringga chiqadi