"Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)

  • 25 aprel 2019, 10:20
  • 385
  • Sport
  • "Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)
    Angliya chempionati 31-turining qoldirilgan uchrashuvlari o‘tkazildi.
    "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qilib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning 54-daqiqasida Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 12 daqiqa o‘tib, Sane jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi.

    Shu tariqa, "Siti" o‘yinlari soni borasida "Liverpul" bilan tenglashib, ulardan 1 ochko ko‘proq to‘plagan holda yetakchilikni qaytarib oldi.

    Manchester Yunayted – Manchester Siti 0:2
    Gollar:
    0:1 – 54 Bernardu Silva, 0:2 – 66 Sane.
    Manchester Yunayted – De Xea, Lindelyof, Smolling, Darmian (Sanches, 83), Shou, Pereyra (Lukaku, 72), Pogba, Lingard (Marsyal, 83), Fred, Yang, Reshford.
    Manchester Siti – Ederson, Kompani, Laport, Uoker, Zinchenko, Gyundogan (Danilo, 89), Fernandino (Sane, 51), Bernardu Silva, Silva, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 89).
    Ogohlantirishlar: Kompani (10), Pereyra (24), Zinchenko (26), Shou (89).

    Фикрлар

    » » "Siti" safarda "MYu"ni yengib, peshqadamlikka qaytdi (video)