"Atletiko" "Valensiya" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi (video)

  • 25 aprel 2019, 10:50
  • 354
  • Sport
  • "Atletiko" "Valensiya" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi (video)
    Ispaniya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan “Atletiko” – “Valensiya” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Vanda Metropolitano”da kechgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

    Uchrashuvning 9-daqiqasidayoq Alvaro Morata madridliklarni oldinga olib chiqdi. Bunga mehmonlar 36-daqiqada Kevin Gameyroning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi.

    Ikkinchi bo‘lim debyuti ham mezbonlarga omadli keldi, Antuan Grizmann 49-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi. Shundan so‘ng “Valensiya” futbolchilari katta kuch bilan oldinga o‘tishdi va bu 77-daqiqada o‘z samarasini berdi, Dani Parexo penaltini aniq bajarib, yana muvozanatni tikladi.

    Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay Anxel Korrea uzoq masofadan ajoyib zarba yo‘llab, “matraschilar”ga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

    Shu tariqa, “Atletiko” ochkolarini 71 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rinda qoldi va “Barselona”ning chempionlik masalasi keyingi turlarga qoldi. “Valensiya” (52) esa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatni yo‘qqa chiqardi.

    Atletiko – Valensiya 3:2 (1:1, 2:1)
    Gollar:
    1:0 – 9 Morata, 1:1 – 36 Gameyro, 2:1 – 49 Grizmann, 2:2 – 77, penalti Parexo, 3:2 – 81 Korrea.
    Atletiko – Oblak, Xuanfran, Godin, Filipe Luis (Korrea, 64), Savich, Rodri Ernandes, Koke, Saul, Lemar (Parti, 71), Grizmann, Morata (Aryas, 84).
    Valensiya – Neto, Diakabi, Garay, Gayya, Koklen, Vass, Gedesh (Sobrino, 59), Soler, Parexo, Santi Mina, Gameyro.
    Ogohlantirishlar: Soler (22), Morata (47), Filipe Luis (56), Sobrino (73), Saul (76).

    Фикрлар

    » » "Atletiko" "Valensiya" ustidan qiyin g‘alabaga erishdi (video)