Ronaldu “Yuventus” uchun transferlar roʻyxatini tuzdi

  • 25 aprel 2019, 12:30
  • 796
  • Sport
  • Ronaldu “Yuventus” uchun transferlar roʻyxatini tuzdi
    “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu rahbariyat bilan klubning yozgi transfer rejalarini muhokama qildi, deb maʼlum qildi Corriere dello Sportʻga tayanib Kun.uz.

    Manbaga koʻra, muhokama davomida portugaliyalik hujumchi qaysi futbolchilar keyingi mavsumda jamoani kuchaytirishga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishda yordam berishga qodir deb hisoblashini aytib, kamida 6 nafar futbolchining nomini sanab oʻtgan.

    Ronaldu keltirgan roʻyxatda birinchi boʻlib uning hamyurti – “Benfika” hujumchisi Joau Felish qayd etilgan. Shuningdek, Krishtianu “Real”dagi sobiq jamoadoshlaridan Rafael Varan va Isko variantlarini taklif etgan. Qolaversa, u “Roma”dan himoyachi Kostas Manolas, “Fiorentina”dan hujumchi Federiko Kyeza va “Lion”dan yarimhimoyachi Tanguy Ndombeleni transfer qilishni maslahat bergan.

    Qayd etilishicha, Ronaldu rahbariyat vakillari bilan uchrashuvdan oldin ushbu nomzodlar borasida bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan ham maslahatlashgan.

    Фикрлар

    » » Ronaldu “Yuventus” uchun transferlar roʻyxatini tuzdi