Shukurjon Rahimov mo‘g‘ulistonlik bokschiga yutqazib, chempionatni bronza medali bilan yakunladi

  • 25 aprel 2019, 16:50
  • 404
  • Sport
  • Shukurjon Rahimov mo‘g‘ulistonlik bokschiga yutqazib, chempionatni bronza medali bilan yakunladi
    Hozirgina Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim finali doirasida yana bir jang yakunlandi.

    -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shukurjon Rahimov yarim final jangida mo‘g‘ulistonlik Sendbaatar Yerdenebatga qarshi ringga chiqib, raqibiga ochkolar hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu tariqa Shukurjon Osiyo chempionatini bronza medali bilan yakunladi.

    Avvalroq erkaklar o‘rtasida Nodirjon Mirzaahmedov, Miraziz Mirzahalilov, hamda Sanjar Tursunov yarim final janglarida raqiblarini mag‘lub etib, finalga chiqqan edi.

    Фикрлар

    » » Shukurjon Rahimov mo‘g‘ulistonlik bokschiga yutqazib, chempionatni bronza medali bilan yakunladi