21:05 / 25.04.2019
3 045

O‘zbekiston boks bo‘yicha Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston boks bo‘yicha Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilmoqchi
O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov 17 aprel kuni Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) Bosh assambleyasining Bangkokda o‘tgan yig‘ilishida tashkilot Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylangan. Polatov ayni kunlarda Tailand poytaxtida davom etayotgan Osiyo chempionatini bevosita kuzatib bormoqda.

«Bangkokda arenalar, muhit, mehmondo‘stlik va tashkilotchilikning barcha jabhalari a’lo darajada, ammo bitta muhim faktor haqida bunday deb bo‘lmaydi. Afsuski, bu safargi Osiyo chempionatida anshlag kuzatilmayapti», – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Polatov ASBC matbuot xizmati bilan suhbatda.

Saken Polatovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 30 mingga yaqin sportchi boks bilan shug‘ullanmoqda. «Tez orada bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshishiga umid qilmoqdaman», – deya ta’kidlagan u.

O‘zbekiston boksi rahbarining ma’lum qilishicha, dekabr oyida Toshkentda Osiyo Boks Konfederatsiyasi Ijroqo‘mining yig‘ilishi va 22 yoshgacha sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, O‘zbekiston Osiyo va Okeaniya bokschilarining 2020 yilgi Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saken Polatov shu yil fevral oyi boshida O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari etib saylangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boks bo‘yicha Olimpiada saralash turniriga mezbonlik qilmoqchi