Yevropa futbol klublari uyushmasi (ECA) rahbari, «Yuventus» prezidenti Andrea Anelli tashkilotning barcha a’zolariga Chempionlar Ligasida 2024 yildan keyingi o‘zgarishlar rejasi haqidagi xatni jo‘natgan.
Jurnalist Martin Sigler xabariga ko‘ra, ECA Chempionlar Ligasining yangi formatini taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, liga bir necha divizionlarga ajratiladi. Eng yuqori divizionda faqat top-klublar bellashadi, natijada, uning tomoshabopligi oshadi. Bundan tashqari, Chempionlar Ligasi saralashi milliy chempionatlardagi natijalarga bog‘lanmaydi. Yuqori divizion jamoalari milliy chempionatdagi o‘rnidan qat’iy nazar, kelasi mavsumda ham Chempionlar Ligasida ishtirok etaveradi.
Avvalroq, ECA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini dam olish kunlariga, milliy chempionat bahslarini esa haftaning o‘rtasiga ko‘chirmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi