09:02 / 27.04.2019
3 131

Shahram G‘iyosov ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)

Shahram G‘iyosov ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (8-0, 6 KO) navbatdagi jangida g‘alaba qozonib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi GoSport.

Bu safargi jangda Shahram G‘iyosovga amerikalik Emmanuel Teylor raqiblik qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda Shahram G‘iyosov to‘liq ustunlik qildi. Hakamlarning ikki nafari 99-91 hisobida Shahram G‘iyosov g‘alabasini qayd etgan bo‘lsa, yana bir hakam 97-93 natijasini qayd etdi.

Hakamlarning bir ovozdan bergan ovozlariga ko‘ra g‘alaba qozongan Shahram G‘iyosov o‘zining ilk chempionlik kamari WBA International kamarini qo‘lga kiritdi. Oldinroq Shahram WBA Intercontinental chempionlik kamari uchun jang qilishi xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (foto)