17:10 / 27.04.2019
2 402

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
Bugun Toshkentda davom etayotgan veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida navbatdagi bellashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ayollar 112.8 kilometr masofaga kechgan poygada o‘zaro bahs olib borishdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish g‘olibga qit’a chempionligi bilan birga Tokio Olimpiadasining ham yo‘llanmasini berishi ko‘pchilikning diqqat-e’tiborini tortdi.


Poyga hamyurtimiz Olga Zabelinskayaning g‘alabasi bilan yakunlandi va shu bilan birga terma jamoa a’zosi Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi. Zabelinskaya masofani 3 soat, 9 daqiqa-yu 5 soniyada bosib o‘tdi.

Veloshosse bo‘yicha OCh.
Ayollar, 112.8 km.
1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
2. Axreum Na (J.Koreya)
3. Somayex Ylazdani (Eron)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olga Zabelinskaya Osiyo chempionligi va Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldi