21:38 / 27.04.2019
3 184

"Paxtakor" safarda "So‘g‘diyona"ni qiyinchilik bilan yengdi

"Paxtakor" safarda "So‘g‘diyona"ni qiyinchilik bilan yengdi
Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Paxtakor" mezbonlar ustidan qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 72-daqiqasida Dragan Cheran jarima maydoni yonidan kuchli zarba bilan hisobni ochdi - 0:1.

Hamdamovga nisbatan mezbonlar jarima maydonida qo‘pollik ishlatishgani uchun bosh hakam penalti belgiladi. 82-daqiqada Jaloliddin Masharipov penaltidan gol urdi - 0:2.

Xojiakbar Alijonov to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun bosh hakam bu safar mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 88-daqiqada Nikola Milinkovich penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi - 1:2.

Shu tariqa ushbu g‘alabadan so‘ng "Paxtakor" hisobidagi ochkolar 16 ta yetdi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

"So‘g‘diyona" – "Paxtakor" 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar:
0:1 - 72 Cheran, 0:2 - 82, penalti Masharipov, 1:2 - 89, penalti Milenkovich.

"So‘g‘diyona": Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov, Elyor Oripov, Kaxi Maxaradze (Umirov, 59), Sanjar Rashidov (Sahob Rashidov, 83), Shohruz Norxonov, Jamshid Boltaboyev, Daniyel Nasriddinov (Nurmatov, 61), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov.
Zaxira: Milan Mitrovich, Nuriddin Hasanov, Siroj Meliyev, Izzat Abdullayev, Shokirov, Dian Talxatov.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets, Sherzod A’zamov, Hojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran (Igor Sergeyev, 87), Doston Hamdamov (Jasur Yaxshiboyev, 85), Marat Bikmayev (Akrom Komilov, 90+4).
Zaxira: Eldor Suyunov, Salimov, Sardor Sobirxo‘jayev, Vladimir Kozak, Sindarov, Marko Simich.

Ogohlantirishlar: Nasriddinov (12), Norxonov (54), Oripov (60), Umirov (89)
Chetlatish: Norxonov (57)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" safarda "So‘g‘diyona"ni qiyinchilik bilan yengdi