21:41 / 27.04.2019
2 589

"Metallurg" Bekobodda "Qo‘qon-1912" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

"Metallurg" Bekobodda "Qo‘qon-1912" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Metallurg" – "Qo‘qon-1912" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Bekobodda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

26-daqiqada Shahboz Erkinov burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 35-daqiqada Muzaffarjon Muzaffarov muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida maydon egalari penalti ishlab olishdi, uni Stanislav Andreyev aniq bajarib jamoasini oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada mezbonlar uchinchi golni ham urishdi, gol muallifi – Bahodir Pardayev.

Qolgan vaqtda ikki jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, "Metallurg" ochkolarini 10 taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Qo‘qon-1912" (5) esa 13-pog‘onada qoldi.

"Metallurg" – "Qo‘qon-1912" 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar:
0:1 – 26 Erkinov, 1:1 – 35 Muzaffarov, 2:1 – 57 Andreyev, 3:1 – 79 Pardayev.

"Metallurg": 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbos Otaxonov, 7. Suhrob Nurulloyev (11. Bahrom Abdurahimov, 78), 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 28. Stanislav Andreyev, 30. Andrey Shipilov (18. Shavkatjon Mullajonov, 70), 55. Akbar Ismatullayev, 70. Sergey Tumasyan (85. Bahodir Pardayev, 68).

"Qo‘qon-1912": 1. Islomjon Abdullayev, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 16. Jasur Hasanov (17. Behruz Sadulloyev, 78), 19. Suhrob Berdiyev (13. Javohir Esonqulov, 70), 22. Shahboz Erkinov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Milosh Nikolich (21. Timur Usmonov, 83), 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuhamedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" Bekobodda "Qo‘qon-1912" ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi