08:50 / 28.04.2019
2 784

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatining 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi

Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatining 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi
Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun ham musobaqada ishtirok etgan vakilimiz terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.

-109 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Akbar Jo‘rayev dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha 3 ta kumush medalga egalik qildi. E’tiborli jihati, siltab ko‘tarish mashqi bo‘yicha 3 ishtirokchi bir xil 225 kilogramm natija qayd etishgan edi, biroq urinishlar bo‘yicha hamyurtimiz yakunda yana kumush medal bilan taqdirlandi. Qayd etish joiz, Akbar Jo‘rayev ham dast ko‘tarish, ham siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha ham yoshlar o‘rtasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha OCh. Xitoy
Erkaklar, -109 kg:
1.Chje Yan (Xitoy) – 417 kg (192 kg + 225 kg)
2. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) – 410 kg (185 kg + 225 kg)
3. Ali Hoshimiy (Eron) – 406 kg (180 kg + 226 kg)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatining 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi