16:14 / 29.04.2019
4 602

Futbolchi penalti tepishda darvozabonni ajoyib tarzda aldadi (video)

Futbolchi penalti tepishda darvozabonni ajoyib tarzda aldadi (video)
Avstraliyaning “Brisben Roar” futbol klubi yarim himoyachisi “Adelaida Yunayted”ga qarshi kechgan uchrashuvda alohida uslubi bilan ajralib turdi, deya xabar qilmoqda Lenta.ru nashri.

“Brisben Roar” futbolchilari o‘yinning 59-daqiqasida o‘zlariga penalti ishlab olishdi. To‘pning yoniga Boteak keldi. O‘yinchi uzoqdan yugurib keladi, darvozabon esa Boteak to‘pni zarb bilan burchakka tepadi, deb o‘ylaydi. Buning o‘rniga yarim himoyachi to‘pni astagina darvozaning markaziga yo‘llaydi, to‘p esa sekin darvoza to‘ridan joy oladi.

Shunga qaramay, “Brisben Roar” jamoasi 3:5 hisobida uchrashuvni boy berishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolchi penalti tepishda darvozabonni ajoyib tarzda aldadi (video)