14:53 / 01.05.2019
2 737

Umid Ahmadjonov: «Yaqin kelajakda mamlakatimiz futbolida VAR tizimini yo‘lga qo‘yamiz»

Umid Ahmadjonov: «Yaqin kelajakda mamlakatimiz futbolida VAR tizimini yo‘lga qo‘yamiz»
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish va Superliga o‘yinlarining shaffof o‘tishin ta’minlash maqsadida yig‘ilish tashkil qildi. MOQ majlislar zalida o‘tgan mazkur yig‘ilishda O‘FA va PFL mutasaddilari, Superliga klublarining bosh murabbiylari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolimizda yuzaga kelayotgan kamchiliklar, oqsalishlar va kelishilgan o‘yinlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

«Futbolimizni imkon qadar tezroq Yevropa darajasiga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun barchamiz birdam bo‘lib ishlashimiz talab etiladi. Kelishilgan o‘yinlarga aralashgan shaxslarni og‘ir jazo kutib turibdi. Futbol faqat muxlislar uchun. Hozir o‘yinlarni 18 ta telekamera tasvirga olishi va VAR tizimini qo‘llash bo‘yicha yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Muxlislarga shaffof o‘yin namoyish qilishni ta’minlashimiz lozim. O‘yin vaqtini cho‘zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartochkalarni ayamasdan ko‘rsatinglar. Kerak bo‘lsa, jamoaga texnik mag‘lubiyat yozilsin. Ertaga boshlanadigan yangi turdan mana shu tizimni tatbiq qilaylik», — dedi Umid Ahmadjonov.

Yig‘ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko‘rsatma va chora-tadbirlar, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, PFL rahbarlari muxlislar uchun stadionlarda qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etish, o‘yin vaqtini belgilash vaqtida ko‘pgina mezonlarni hisobga olish borasida kerakli topshiriqlarni qabul qilib olishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: «Yaqin kelajakda mamlakatimiz futbolida VAR tizimini yo‘lga qo‘yamiz»