10:13 / 04.05.2019
3 139

Yurgen Klopp: Yigitlar "yonmoqda". Biz juda ham kuchli ruhlanganmiz!

Yurgen Klopp: Yigitlar "yonmoqda". Biz juda ham kuchli ruhlanganmiz!
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Nyukasl" jamoasiga qarshi Angliya chempionati doirasidagi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Juda ham qiyin o‘yin. Ular juda ham yaxshi formada. Raqibimiz so‘nggi haftalarda bir nechta o‘yinlarda g‘olib bo‘lishdi va qulay vaziyatda kelishmoqda. Bizga qarshi o‘yindan keyin ular o‘yin uslubini o‘zgartirdi.
So‘nggi turlarda ajoyib o‘yin o‘tkazmoqdamiz. Shu tarzda davom etish lozim.

- "Barselona" jamoasiga qarshi o‘yin haqida o‘ylamayapsizmi?
- Biz o‘tgan o‘yinlar haqida ko‘p o‘ylamaymiz. Bunga bizning vaqtimiz yo‘q. Biz ushbu savolga javobni seshanba kuni qidirib ko‘ramiz, hozir emas. Yigitlar "Nyukasl" jamoasiga qarshi o‘yin haqida o‘ylamoqda.

Barselonada bo‘lgan voqeadan keyin yigitlarni qo‘llash va quchoqlash kerak emas edi. Agar g‘alaba qozonishni istasang, mag‘lub bo‘lishni ham urgan. O‘yin bo‘yicha menda salbiy fikrlardan ko‘ra, ijobiylari ko‘proq.

- "Man Siti" bilan kurash haqida o‘ylayapsizmi?
- Agar chempionlik uchun 98 ochko kerak bo‘lsa juda ham yaxshi. Nima bo‘lganda ham ajoyib mavsumni o‘tkazdik. Men to‘laqonli qoniqdimmi? Yo‘q, chunki mavsum hali yakuniga yetgani yo‘q.

- "Siti" bilan oltin o‘yin o‘tkazish imkoniyati haqida nima deysiz?
- Voy, rostini aytsam men bu haqida o‘ylamagan edim. Juda ham zo‘r bo‘lar edi, lekin buning iloji yo‘q.

- Jamoada kayfiyat qanaqa? Charchoq yo‘qmi?
- Yigitlar "yonmoqda". Poygada bo‘lganingda charchamas ekansan. Biz juda ham yuqori ruhlanganmiz. Bizning qiladigan ishimiz – "Nyukasl" jamoasini yengish. Bu esa juda ham qiyin. Dushanba kuni kechqurun qolgan jamoalar bilan nima bo‘ladi – bizning ishimiz emas.

Ikki yil ichida jamoaga irodali futbolchilar kelib qo‘shildi. Har biri o‘z o‘rnini topib oldi. O‘yinchilar o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishdi. Biz haqiqiy "Liverpul" klubimiz. Yigitlarning o‘zi shuni yaratdi, - deydi Klopp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: Yigitlar "yonmoqda". Biz juda ham kuchli ruhlanganmiz!