23:23 / 04.05.2019
2 798

"Nasaf" safarda "Buxoro"dan ustun keldi

"Nasaf" safarda "Buxoro"dan ustun keldi
O‘zbekiston Superligasining 7-tur doirasida "Buxoro" klubi o‘z maydonida "Nasaf" futbolchilarini qabul qildi va uchrashuvdagi yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.

Uchrashuv juda ham keskin kurashlar ostida boshlandi. O‘yinning 14-daqiqasida Humoyun Murtozayevning urgan goli ofsayd sababli bekor qilindi. Jamoalar gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlardan foydalana olmadi. Birinchi bo‘lim shu zaylda yakuniga yetdi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida Murtozayev baribir maqsadiga erishdi va "Nasaf" jamoasini oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqt davomida mehmonlar himoyani mustahkam ushlashdi va Buxorodan uch ochko bilan qaytishdi.

Buxoro – Nasaf 0:1
Gol:
Humoyun Murtozayev 65, - 0:1.
"Buxoro" - Xurshid Xodjayev, Ivan Fatich, Mirjalol Jumayev, Ivan Nagayev (Firdavs Asadov, 80), Salamat Qutiboyev (Akobir To‘rayev, 67), Asadbek Sobirjonov, Behruz Shodmonov (Akramjon Bahritdinov, 78), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Doston Ibragimov.
"Nasaf" - Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtazoyev, Doniyorjon Narzullayev (Husniddin Aliqulov, 83), Bobir Davlatov (Sharof Muhitdinov, 66), Sardor Abduraimov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 66), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov 40, Bobur Davlatov 55, Vladimir Bayenko 59.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" safarda "Buxoro"dan ustun keldi