23:56 / 04.05.2019
2 901

"Navbahor" Namanganda "So‘g‘diyona"dan ustun keldi (video)

"Navbahor" Namanganda "So‘g‘diyona"dan ustun keldi (video)
Hozirgina O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.

Namangadagi yangi ta’mirdan chiqarilgan "Navbahor" markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Slavko Lukich hamda Aleksandr Kasyanlar (2 ta) tomonidan kiritilgan gollargga mehmonlar safida Sanjar Rashidov bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa "lochinlar" hisobidagi ochkolar soni 11 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jizzaxliklar esa 6 ochko bilan 11-pog‘onada qolishdi.

"Navbahor" – "So‘g‘diyona" - 3:1
Gollar:
Lukich (8), Kasyan (18, 32) - Rashidov (90)

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov, 5.Slavko Lukich, 6.Oston O‘runov, 7.Azim Ahmedov, 9.Ivan Solovyov, 11.Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo‘rayeboyev, 19.Mirzohid G‘ofurov, 30.Abdujamol Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov, 70.Abbos G‘ulomov.
Zaxira: 23.Dilshod Hamroyev, 25.Mirzohid Mamatxonov, 4.Aziz Ibragimov, 8.Shahzod Shaymanov, 14.Bahodir Nasimov, 17.Elman Tagayev, 22.Igor Golban, 29.Xojiakbar Yunusov, 55.G‘iyosjon Komilov.

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar Shoyqulov, 5.Kaxi Maxaradze, 7.Sanjar Rashidov, 14.Jamshid Boltaboyev, 17.Doston Toshmatov, 18.Sherzod Shakirov, 77.Daniyel Nasriddinov, 91.Nikola Milinkovich, 97.Shahboz Jo‘rabekov.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 6.Nuriddin Hasanov, 8.Siroj Meliyev, 9.Oybek Nurmatov, 11.Izatilla Abdullayev, 21.Sahob Rashidov, 28.Davron Umirov, 32.Dian Talxatov.

Kasyanning 18-daqiqadagi urgan goli:

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Navbahor" Namanganda "So‘g‘diyona"dan ustun keldi (video)