00:13 / 05.05.2019
2 852

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini isbotladi

Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini isbotladi
Superliga 7-turi doirasida "Nasaf"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) "Buxoro" ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi o‘yin ancha qiyin o‘tdi. “Nasaf” ancha yaxshi shakllangan jamoa ekanini yana bir bor isbotladi. Biz qayd etilgan mag‘lubiyat uchun muxlislar oldida aybdormiz. Lekin ishqibozlar bilishlarini xohlardimki, biz o‘yinga chin dildan bor kuchimizni ishga solgan holda tayyorlagan edik.

Lekin bugun ko‘plab vaziyatlarda omad yetishmadi, o‘yinimiz qovushmadi. To‘g‘ri, hozirgi vaqtda musobaqa jadvalidagi o‘rnimizdan muxlislarimiz hafa. Lekin biz butun jamoa bo‘lib, kelayotgan turlarda ushbu vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz", - deb Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini isbotladi