10:59 / 05.05.2019
2 682

«Liverpul» 5 ta gol urilgan uchrashuvda «Nyukasl»ni zo‘rg‘a yutdi (video)

«Liverpul» 5 ta gol urilgan uchrashuvda «Nyukasl»ni zo‘rg‘a yutdi (video)
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi «Liverpul» jamoasi «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida mersisaydliklar himoyachisi Virjil van Deyk hsiobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqaga kelib «Nyukasl» yarim himoyachisi Kristian Atsu Alisson Bekker qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi (1:1). Oradan 8 daqiqa o‘tib «qizillar» yetakchisi Muhammad Saloh jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 54-daqiqada esa mezbon jamoa a’zosi Salomon Rondon hisobni tenglashtirdi (54). 84-daqiqada Muhammad Saloh o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Divok Origi jamoasining g‘alaba golini urdi (3:2).

Shu tariqa «Liverpul» qiyin kechgan o‘yinda «Nyukasl»ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Yurgen Klopp jamoasi 94 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. Undan 2 ochko kam jamg‘argan «Manchester Siti» esa 2-o‘rinda bormoqda.

Nyukasl – Liverpul 2:3
Gollar:
0:1 – 13 van Deyk, 1:1 – 20 Atsu, 1:2 – 28 Salax, 2:2 – 54 Rondon, 2:3 – 86 Origi.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Mankilo, Sher (Muto, 90), Xeyden, Ritchi, Ki Son Yen, Atsu, Rondon, Peres.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Lovren (Milner, 83), Robertson, Fabino, Veynaldum (Shakiri, 66), Xenderson, Mane, Saloh (Origi, 73), Starridj.
Ogohlantirishlar: Sher (45), Milner (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Liverpul» 5 ta gol urilgan uchrashuvda «Nyukasl»ni zo‘rg‘a yutdi (video)