13:05 / 06.05.2019
3 630

«Rostov» klubi Eldor Shomurodov sharafiga «eldorka» qalpoqlarini sotuvga chiqaradi (foto)

«Rostov» klubi Eldor Shomurodov sharafiga «eldorka» qalpoqlarini sotuvga chiqaradi (foto)
Foto: «Google.com»
Rossiyaning «Rostov» jamoasi klub timsoli tushirilgan suzish qalpoqlarini sotuvga chiqarilishini e’lon qildi. Bu qalpoqlar «eldorka» deb nomlanadigan bo‘ldi.

«Bu qalpoqlarda tutqich bermas bo‘lasiz, boshingiz esa eng ma’suliyatli pallalarda sizni qutqaradi», — deb yozadi «Rostov» tvitteri.
«Rostov» Rossiya chempionatining 27-turida «Krasnodar» bilan o‘yinning 89-daqiqasida Eldor Shomurodovning bosh bilan urgan goli evaziga hisobni tenglashtirib, durangga erishdi.

Bu vaziyatda Eldorning boshida suzish qalpog‘i bor edi, u 79-daqiqada raqib himoyachisi Aleksandr Martinovich bilan to‘qnashib ketgan va klub shifokorlari unga suzish qalpog‘ini kiydirib qo‘yishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Rostov» klubi Eldor Shomurodov sharafiga «eldorka» qalpoqlarini sotuvga chiqaradi (foto)