21:40 / 06.05.2019
2 710

Andrey Fyodorov: "Al Vahda" guruhda birinchi o‘rinda, demak ularning kuchsiz tomoni yo‘q"

Andrey Fyodorov: "Al Vahda" guruhda birinchi o‘rinda, demak ularning kuchsiz tomoni yo‘q"
OChL 5-turidan o‘rin olgan "Al Vahda" - "Lokomotiv" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Fyodorov va Azizbek Haydarov qatnashdi.
"Avvalo barchani Ramazon oyi boshlangani bilan tabriklayman. O‘yinga kelsak, biz ham, raqibimiz ham ertangi bahsdagi natija qanchalik muhim ekanligini tushunib turibdi. Afsuski OChLdagi so‘nggi turlardagi natijalarimiz ijobiy chiqmadi. Shu bois qolgan ikkala bahsda ham g‘alaba qozonishimiz shart. Biz guruhdan chiqish uchun bor kuchimizni ishga solamiz.

Ertaga bizni faqat 3 ochko qiziqtiradi. Shu bois o‘zimizning o‘yinimizga e’tibor qaratamiz. "Al Vahda" qanday o‘ynashining farqi yo‘q. O‘tgan mavsumda ham bu klub bilan bir guruhda bo‘lganmiz, bir-birimizni yaxshi bilamiz. Barchasi maydonda hal bo‘ladi. Kim ertaga ko‘proq tayyor bo‘lsa o‘sha jamoa g‘olib bo‘ladi.

Agar guruhda birinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, menimcha "Al Vahda"ning kuchsiz tomonlari yo‘q. Ammo ertaga raqibning kamchiliklarini topishga urinamiz", - deydi Andrey Fyodorov.

"Assalomu alaykum. Ramazon muborak bo‘lsin. Bor e’tiborimiz keyingi bahsga qaratilgan. Maqsadimiz faqat va faqat 3 ochko olish. To‘g‘ri qiyin bo‘ladi, ammo ortga yo‘l yo‘q. Tarkibimizda hech kimda jarohat yo‘q, faqatgina bir himoyachimiz ikkita sariq kartochka olgani bois maydonga tusha olmaydi xolos. Barcha futbolchilar "Al Vahda"ga qarshi o‘yin og‘ir o‘tishini tushunib turishibdi", - deydi Azizbek Haydarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andrey Fyodorov: "Al Vahda" guruhda birinchi o‘rinda, demak ularning kuchsiz tomoni yo‘q"