13:58 / 08.05.2019
2 851

Jajji gimnastikachilarimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi

Jajji gimnastikachilarimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi
3-5 may kunlari Turkiyaning Istambul shahrida badiiy gimnastika buyicha “Beylikduzu rhythmic cup” xalkaro turniri o‘tkazildi.

Bizning yosh gimnastikachilarimiz uchun bu ilk xalkaro musobaqa bo‘lishiga qaramasdan, yurtimiz sha’nini munosib himoya qilishdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 2008-2014 yosh toifasida qatnashishdi. 2013 yilda guruh mashqida qatnashgan eng yosh qizlarimiz o‘zining «Jo‘jalar» chiqishi bilan barcha tomashabinlarga manzur bo‘ldi. Shu yoshdagi Osiyo Tojiyeva ilk bor xalqa bilan chiqishi hakamlar olqishiga sazovor bo‘ldi, sababi bu yoshda qizaloqlar uchun anjomli chiqish juda murakkab jarayondir.

Musobaqa natijalariga ko‘ra yosh gimnastikachilarimiz 13 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga ega bo‘ldilar.

1. Osiyo Tojiyeva 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh;
2. Asina Yo 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh;
3. Mehrimoh Rasulova 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh;
4. Sarvinoz Maqsudova 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh;
5. Diyora Ulug‘bekova 2-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh;
6. Soliha Ismoilova 2-o‘rin;
7. Hamzayeva Zumrad 3-o‘rin;
8. Robiya Ahmadxo‘jayeva 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin guruh, xalqali chiqish;
9. Visola Miraxmedova 1-o‘rin ko‘pkurash, 1-o‘rin koptok va 2-o‘rin arqonda chiqish.

G‘oliblarimizga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ustoz Zarina Abdullayeva va Albina Timergazinalar murabbiylik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jajji gimnastikachilarimiz xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lishdi