18:18 / 08.05.2019
3 213

O‘zbekiston va Turkiya milliy jamoalari ilk marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston va Turkiya milliy jamoalari ilk marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik. Mazkur o‘yinlar poytaxtimiz Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoamiz uchun yana bir kuchli sparring-raqib topildi.

Shu yilning 2 iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. Terma jamoa tarkibida Italiyaning "Milan", "Sassuolo", Angliyaning "Everton", "Lester", Fransiyaning "Lill", Germaniyaning "Shtutgart", Ispaniyaning "Selta" kabi klublarida to‘p suradigan kuchli futbolchilar bor. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston va Turkiya milliy jamoalari ilk marta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi