21:15 / 09.05.2019
2 816

"Barselona" prezidenti: 4-gol qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman

"Barselona" prezidenti: 4-gol qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman
"Barselona" klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu Chempionlar ligasi yarim final javob bahsida “Liverpul”ga (0:4) imkoniyat boy berilgach nimalarni his qilayotganini aytdi.

“Mag‘lubiyatdan juda ranjidik. Endi biz bor e’tiborimizni Ispaniya kubogi finaliga qaratishimiz lozim. Futbolchilar klub va muxlislar uchun tezroq o‘zlariga kelib olishlari kerak. O‘yinni esa keyinroq tahlil qilib chiqamiz.
Aytishim kerakki, 4-gol shunchaki fojeali bo‘ldi. Bu qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman”, - deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” bir hafta oldin “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Liverpul”ni 3:0 hisobida yengan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" prezidenti: 4-gol qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapman