22:23 / 09.05.2019
2 778

Mourinyu: "Ayaks" xuddi "Vitess"ga qarshi o‘ynagandek harakat qildi"

Mourinyu: "Ayaks" xuddi "Vitess"ga qarshi o‘ynagandek harakat qildi"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Ayaks" hamda "Tottenxem" o‘rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
"Ayaks" "Tottenxem"ga qarshi bahsda xuddi "Vitess"ga qarshi o‘ynayotgandek harakat qildi. Ular maqtovlarga loyiq. Ammo futbol - bu sport kurashi va bunday uchrashuvlarda strategiya kerak. Ba’zida g‘alaba uchun o‘z falsafasidan voz kechish ham zarar qilmaydi.

"Ayaks" o‘zining kuchsiz tomonlarini yaxshiroq yashirish kerak edi. Hisobda oldinda bo‘lsang, muvozanatni saqlash muhim. Muvozanat pozitsion himoyadan boshlanadi. Ma’lum bir futbolchilar doimo himoyada qolishi kerak. Ammo "Ayaks" o‘z falsafasiga sodiq qoldi. "Tottenxem" bir nimalarni o‘zgartirdi va vertikal uzatmalar bilan o‘ynay boshladi. Kecha omad ular tomonda bo‘ldi" - deydi Mourinyu.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Ayaks" xuddi "Vitess"ga qarshi o‘ynagandek harakat qildi"