00:19 / 12.05.2019
2 699

Davron Fayziyev: "Barchasini kuzga borib sarhisob qilamiz"

Davron Fayziyev: "Barchasini kuzga borib sarhisob qilamiz"
“Dinamo” – AGMK uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Davron Fayziyev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
- Bugungi bahs teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin yuzaga kelgan xavfli vaziyatlar sonini inobatga olganda bizning jamoamiz g‘alabaga ko‘proq haqliroq edi va yakunda aynan biz g‘alabaga erishdik. Balkim bugun bizning o‘yinimiz u qadar hujumkor chiqmagandir.

Bu birinchi galda havoning biroz issiqroq ekani, qolaversa ikkinchi bo‘limda asosan natijani saqlab qolish uchun harakat qilganimiz bilan bog‘liq. Bugungi bahsdan so‘ng musobaqa jadvalida ancha yuqoriladik. Lekin hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Ayni damda tarkibimizda yo‘qotishlar ham bor. Asosiysi mavsumni barqaror o‘tkazish lozim, qolganini esa kuzga borib sarhisob qilamiz, - dedi mutaxassis.

Manba: pfl.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Davron Fayziyev: "Barchasini kuzga borib sarhisob qilamiz"